«Atletiko»da yirik g‘alaba, «Napoli» va «Zenit» yutqazdi. Kunning barcha o‘yinlari natijalari

Sport 10:07 / 16.02.2018 10844

Yevropa Ligasi 1/16 finali birinchi uchrashuvlari doirasida Daniyaning «Kopenhagen» klubi Madridning «Atletiko» klubini qabul qilib, yirik hisobda yutqazdi 1:4.

O‘yinda hisobni 15-daqiqada Fisher ochgan bo‘lsada, keyin Saul, Gameyro, Grizmann va Vitolo birin-ketin mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilishdi.

Italiyaning «Napoli» klubi Germaniyaning «RB Leyptsig» klubini qabul qildi. Neapoldagi «San-Paolo» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 52-daqiqasida Adam Una mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi, ammo 61-daqiqada Timo Verner hisobni tenglashtirdi. Ko‘p o‘tmay Bruma «RB Leyptsig»ning ikkinchi golini urdi. O‘yin oxirida Verner dublni rasmiylashtirdi.

«Zenit» Shotlandiyaning «Seltik» klubi mehmoni bo‘ldi. Glazgodagi «Seltik Park» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi yagona gol ikkinchi bo‘limda urildi. 78-daqiqada Mussa Dembele chap qanotdan hujum qilib, Sharli Musonduni to‘p bilan ta'minladi, u esa jarima maydonchasidagi Kallum Makgregorni topdi va Andrey Lunyov darvozasi ishg‘ol etildi.

«Lion» esa «Vilyarreal»ni qabul qildi. «Stad de Lyumer» stadionida kechgan uchrashuv 3:1 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi.

Maydon egalari safida Tangay N`Dombele Alvaro, Nabil Fekir va Memfis Depay o‘z nomlarini tabloga yozdirishdi. «Vilyarreal»ning yagona golini Pablo Fornales rossiyalik yarim himoyachi Denis Cherishevning pasidan keyin urdi.

Gretsiyaning AYeK klubi esa Kiyevning «Dinamo»sini qabul qildi. Afinadagi «Olimpik – Spiros Luis» stadionida kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi - 1:1.

Ukrainlar jamoasi Viktor Tsigankovning 19-daqiqada urgan goli evaziga hisobni ochishgandi. Ammo maydon egalari 80-daqiqada shvetsiyalik yarim himoyachisi Astrit Aydarevichning zarbasi bilan javob qaytarishdi.

«Latsio» 1/16 finaldagi birinchi uchrashuvni boy berdi. Rimliklar Ruminiyadan «Styaua»ga kichik hisobda yutqazishdi — 0:1.

Serbiyaning «Partizan» klubi esa Chexiyaning «Viktoriya Plzen» klubini qabul qilib, durangga imzo chekdi — 1:1.

Javob uchrashuvlari 22 fevralga belgilangan.

Yevropa Ligasi
1/16 final
Birinchi o‘yinlar

Kopengagen Daniya – Atletiko Ispaniya 1:4 (1:2, 0:2)
Gollar: 1:0 – 15 Fisher, 1:1 – 21 Saul, 1:2 – 37 Gameyro, 1:3 – 71 Grizmann, 1:4 – 77 Vitolo.
Kopengagen – Olsen, Ankersen, Vavro, Lyuftner, Boylesen, Skov (Bengtsson, 73), Gregush, Kvist, Falk (Santander, 62), Fisher (Pavlovich, 72), Soteriu.
Atletiko – Moyya, Xuanfran, Ximenes, Godin, Lyuka Ernandes, Korrea (Ferreyra Karrasko, 59), Parti, Saul, Koke (Gabi, 78), Gameyro (Vitolo, 70), Grizmann.
Ogohlantirishlar: Skov (23), Korrea (44).

Lion Fransiya – Vilyarreal Ispaniya 3:1 (0:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 46 Ndombele, 2:0 – 49 Fekir, 2:1 – 63 Fornals, 3:1 – 82 Depay.
Lion – Antoni Lopesh, Rafael (Mendi, 85), Marselo, Morel, Marsal, Ndombele, Tuzar, Traore (Korne, 77), Fekir, Auar (Depay, 73), Dias.
Vilyarreal – Asenxo, Mario Gaspar, Alvaro Gonsales, Ruis, Kosta, Rodri Ernandes, Kastilexo (Unal, 54), Trigeros, Fornals (Raba, 88), Bakka, Cherishev (Soriano, 74).
Ogohlantirishlar: Alvaro Gonsales (42), Cheryshev (43), Marsal (73), Rodri Ernandes (90).

Styaua Ruminiya – Latsio Italiya 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 29 Gnoere.
Styaua – Vlad, Benzar, Planich, Geman, Junior, Pintiliy (Filipe Teysheyra, 46), Nedelku, Man, Budesku, Tenase (Koman, 58), Gnoere (Tenase, 81).
Latsio – Strakosha, Bashtush, Luis Felipe, Kaseres, Basta, Murdjia, Leyva, Milinkovich-Savich, Lukaku (Lulich, 75), Nani (Felipe Anderson, 56), Kaysedo (Immobile, 56).
Ogohlantirishlar: Milinkovich-Savich (9), Pintiliy (26), Kaseres (45), Lukaku (45), Luis Felipe (52), Vlad (64), Geman (78), Immobile (90).

AYeK Gretsiya – Dinamo Kiyev Ukraina 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 19 Tsigankov, 1:1 – 80 Aydarevich.
AYeK – Barkas, Rodrigo Galo, Vranesh, Lambropulos, Bakakis, Galanopulos (Aydarevich, 79), Simoynsh, Klonaridis (Xristodulopulos, 52), Livaya, Bakasetas, Yakumakis (Arauxo, 58).
Dinamo Kiyev –    Boyko, Kendzera, Xacheridi, Kadar, Morozyuk, Garmash (Besedin, 78), Shepelev, Gonsales, Buyalskiy, Tsygankov, Morayes (Shaparenko, 90).
Ogohlantirishlar: Xacheridi (5), Livaya (22), Garmash (30), Vranesh (45), Shepelev (71), Morayes (77).

Partizan Serbiya – Viktoriya Plzen Chexiya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 58 Tavamba, 1:1 – 81 Rjyeznik.
Partizan – Stoykovich, Vulichevich, Miletich, Mitrovich, Uroshevich, Toshich, Pantich, Yevtovich, Yankovich, Suma (Ivanovich, 71), Tavamba (Markovich, 90).
Viktoriya Plzen – Grushka, Rjyeznik, Geyda, Gubnik, Limberski, Gorshava, Groshovski, Petrjyela (Zeman, 61), Kolarj (Chermak, 78), Kopits, Krmenchik (Xory, 90).
Ogohlantirishlar: Mitrovich (52), Groshovski (84).
Chetlatish: Mitrovich (85).

Ko‘proq yangiliklar: