Toshkent shahrining tumanlarida jamoatchilik kengashlari tuziladi

O‘zbekiston 01:57 / 15.02.2018 8301

Toshkent shahrining tumanlarida huquqbuzarliklar profilaktikasi, tadbirkorlikni rivojlantirish va muammoli oilalar bilan ishlash ustidan nazorat qilish jamoatchilik kengashlari (keyingi o‘rinlarda – jamoatchilik kengashlari) tuziladi. Prezidentning “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” qarori shundan dalolat bermoqda.

Unga muvofiq jamoatchilik kengashlari tarkibi Toshkent shahri tumanlari xalq deputatlari Kengashlari deputatlari raisligida mahalla faollari, mehnat faxriylari, fan, madaniyat va san'at vakillari, mashhur sportchilar va boshqa jamoatchilik vakillari hisobidan shakllantiriladi.

Jamoatchilik kengashlarini mahallalar va Toshkent shahri tumanlari xalq deputatlari Kengashlari deputatlari soniga mutanosib ravishda sektorlarga biriktiriladi.

Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashiga bir oy muddatda jamoatchilik kengashlari ishini tashkil qilish tartibi, vakolatlari, ularning faoliyatini baholash mexanizmlari va mezonlarni belgilab beruvchi Huquqbuzarliklar profilaktikasi, tadbirkorlikni rivojlantirish va muammoli oilalar bilan ishlash ustidan nazorat qilish jamoatchilik kengashi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash tavsiya qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: