Shov-shuvga sabab bo‘lgan jinoyat va hodisalar to‘g‘risida xolis ma'lumot beriladi

O‘zbekiston 01:48 / 15.02.2018 36829

Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati Bosh boshqarma Axborot multimediya markazi (keyingi o‘rinlarda – Multimediya markazi) etib qayta tashkil etiladi. Prezidentning yangi qaroriga ko‘ra, uning asosiy vazifalari etib quyidagilarni qamrab oluvchi materiallarni ijodiy yondashuv asosida tayyorlash hamda kunlik efirga uzatish, shu jumladan, Internet tarmog‘iga joylashtirishni ta'minlash belgilandi:

  • Toshkent shahrida sodir etilgan, ayniqsa, jamoatchilik o‘rtasida shov-shuvga sabab bo‘lgan jinoyat va hodisalar to‘g‘risidagi xolis ma'lumotlar;
  • jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari ish jarayoni va erishilgan natijalar haqidagi ma'lumotlar;
  • ichki ishlar organlari faoliyatini obro‘sizlantiradigan ishonchsiz va noto‘g‘ri ma'lumotlarga raddiya berish.

Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining byudjyetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Multimediya markazi xodimlariga lavozim maoshining 100 foizi miqdorida oylik ustama to‘lanishi belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Bosh boshqarma boshlig‘iga Multimediya markaziga mutaxassislar (muxbir, operator, videomontajchi, IT-mutaxassis, studiya-apparat majmuasi muhandisi va boshqalar)ni mehnat bozorining amaldagi kon'yukturasini hisobga olib, to‘lov miqdorini belgilagan holda shartnoma asosida ishga jalb etish huquqi berilsin.

Ko‘proq yangiliklar: