Germaniyada jamoat transporti bepul bo‘lishi mumkin

Jamiyat 00:47 / 15.02.2018 12288

Germaniya hukumati issiqxona gazlari chiqishini kamaytirish va yirik ekologik jarimalardan qochish maqsadida jamoat transportini bepul qilib, yo‘l harakati ishtirokchilarini kamaytirishni taklif qilmoqda. Bu boradagi ilk tajriba mamlakatning 5 ta shahri, jumladan Bonn, Essen va Mangeymda eng kechi bilan yil oxirida boshlanadi.

“Biz xususiy avtomobillar sonini kamaytirish uchun jamoat transportidan bepul foydalanishni joriy qilish variantini ko‘rib chiqmoqdamiz. Havoning ifloslanishiga qarshi samarali kurash Germaniya uchun birinchi navbatdagi vazifadir”, deb aytishgan uch nafar nemis vaziri Yevropa Ittifoqining atrof-muhit bo‘yicha oliy komissariga.

Yevropa Ittifoqi komissiyasi ko‘rib chiqishiga bildirilgan boshqa takliflar orasida avtobus va taksilar chiqaradigan chiqindilarni qisqartirish, chiqindilar kam chiqadigan hududlarni yaratish va karshering xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash kabilar bor.

Bu choralarni iloji boricha tezroq amalga oshirish kerak, chunki Germaniya Yevropa Ittifoqining 8 ta yirik a'zosi, jumladan, Fransiya, Italiya va Ispaniya kabi berilgan muddat ichida zararli chiqindilar darajasini qisqartirishga erisha olmagan. Yevropa Ittifoqining atrof-muhit bo‘yicha oliy komissari bu davlatlarga ko‘rilgan choralar bo‘yicha hisobotni taqdim qilishga qo‘shimcha vaqt berdi, yo‘qsa ular Yevropa sudida javob berishlariga to‘g‘ri keladi.

Yevropaning 130 tadan ko‘proq davlatiga iqlimning falokatli o‘zgarishi bilan xavf soluvchi va insonlar salomatligiga ziyon yetkazuvchi ifloslanish ta'sir ko‘rsatmoqda. Bu esa har yili 400 mingga yaqin insonning o‘limiga olib keladi, uning tibbiy oqibatlarini bartaraf etish har yili 20 mlrd yevroga aylanadi.

Germaniyada jamoat transporti Yevropaning qolgan yirik davlatlariga nisbatan arzon va samarador bo‘lgani uchun keng ommalashgan. 2017 yilda yo‘lovchi tashishlar soni 10,3 mlrdga yetgan va shu sababli transportda bepul yurishga o‘tish uchun jiddiy rejalashtirish kerak bo‘ladi. Germaniya shaharlari uyushmasi boshlig‘i Gelmut Dedi “bepul transport qanday moliyalashtirilishi savoliga aniq javobni kutib qolishini” aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: