Furkadni mag‘lub etgan Byo, ayollardagi sensatsiya. Pyongchang-2018: bugunning barcha sovrindorlari

Sport 22:11 / 15.02.2018 10236

Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida bo‘lib o‘tayotagn Qishki olimpiada o‘yinlarida navbatdagi kun musobaqalari ham yakuniga yetdi. 15 fevral kuni bir yo‘la 9ta medallar komplekti o‘ynaldi.

Biatlon bo‘yicha ayollar va erkaklar o‘rtasida individual poygalar o‘tkazildi. Ayollar o‘rtasidagi bahslarda sensatsiya qayd etildi. Shvetsiyalik Hanna Oberg to‘r o‘qotishda ham hech qanday xatoga yo‘l qo‘ymagan holda faoliyati davomida ilk marta g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Slovakiyalik Anastasiya Kuzmina ikkinchi, ikki karra chempion bo‘lishga ulgurgan Laura Dalmayyer uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Erkaklar o‘rtasida 20 km masofaga o‘tkazilgan bahslarda esa dastlabki ikkita poygada muvaffaqiyatsizlikka uchragan Yohannes Byo g‘alaba qozondi. Norvegiyalik sportchi o‘qotishda ikkita xatoga yo‘l qo‘yishiga qaramasdan, yakunda sloveniyalik Yakov Fak va avstriyalik Dominik Landertingerlarni ortda qoldirdi. Asosiy favorit sanalgan Marten Furkad esa bor-yo‘g‘i 5-o‘rin bilan kifoyalanadigan bo‘ldi.

Shuningdek konkida yugurish bahslarida ham sensatsiya qayd etildi. Bu turning uzoq yillik gegemoni hisoblangan Niderlandiya terma jamoasi oltin medallarsiz qoldi. Bundan tashqari afsonaviy Sven Kramer hattoki medallarga ham ilina olmadi.

Olimpiada-2018

Pyongchang, Janubiy Koreya

15 fevral kungi musobaqalarning barcha sovrindorlari

Figurali uchish
Juftliklar

1. Alena Savchenko – Bruno Masso (Germaniya)
2. Vengjin Suy – Tsun Xan (Xitoy)
3. Megan Dyuamel – Erik Redford (Kanada) 

Tog‘ chang‘isi
Tezkor tushish
Erkaklar

Foto: Aksel Lund Svindal

1. Aksel Lund Svindal (Norvegiya)
2. Ketil Yansrud (Norvegiya)
3. Beat Foyts (Shveytsariya)

Gigant slalom
Ayollar

1. Mikaela Shiffrin (AQSh)
2. Ragnhil Muvinkel (Norvegiya) 
3. Federika Brinyone (Italiya) 

Snoubord
Erkaklar
Snoubord-kross

Foto: Per Volte

1. Per Volte (Fransiya)
2. Jarrid Hyuz (Avstraliya)
3. Rexino Ernandes (Ispaniya)

Chang‘i poygasi
Ayollar
10 km, erkin usul

Foto: Ragnhil Haga/AFP

1. Ragnhil Haga (Norvegiya)
2. Sharlotte Kalla (Shvetsiya)
3. Marit Borgen (Norvegiya)
3. Krista Pyarmyakoski (Finlyandiya)

Biatlon
Individual poygalar
Ayollar. 15 km

1. Hanna Oberg (Shvetsiya)
2. Anastasiya Kuzmina (Slovakiya)
3. Laura Dalmayyer (Germaniya)

Erkaklar. 20 km
1. Yohannes Byo (Norvegiya)
2. Yakov Fak (Sloveniya)
3. Dominik Landertinger (Avstriya)

Konkida yugurish
10 000 metr
Erkaklar

Foto: Ted-Yan Blumen

1. Ted-Yan Blumen (Kanada)
2. Yorit Bergsma (Niderlandiya) 
3. Nikolya Tumolero (Italiya) 

Chana sporti
Aralash jamoaviy bahslar

1. Germaniya
2. Kanada
3. Avstriya

Medallar jamg‘armasi (oltin, kumush, bronza, jami)
TOP-5

1. Germaniya – 9-2-4 (15)
2. Norvegiya – 6-7-4 (17)
3. Niderlandiya – 5-5-2 (12)
4. AQSh – 5-1-2 (8)
5. Kanada – 4-5-4 (13)

Ko‘proq yangiliklar: