FIFA reytingida O‘zbekiston 5 pog‘ona yuqoriladi

Sport 16:45 / 15.02.2018 13408

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bugun, 15 fevral kuni e'lon qilingan FIFAning yangi reytingida 5 pog‘ona yuqoriladi va — 72-o‘ringa joylashdi. 

O‘zbekiston OFK mamlakatlari orasida yettinchi o‘rinda. O‘zbekistondan oldinda Eron (33), Avstraliya (36), Yaponiya (55), Janubiy Koreya (58), Saudiya Arabistoni (64) va Xitoy (68) joylashgan. 

Umumiy reytingning TOP-10ligida hech qanday o‘zgarishlar kuzatilmagan. Reytingni Germaniya boshqarishda davom etmoqda, ikkinchi o‘rinda Braziliya, uchinchi o‘rinda – Portugaliya joylashgan. 

FIFA reytingi:  
1 (1). Germaniya – 1602 ochka 
2 (2). Braziliya – 1484
3 (3). Portugaliya – 1358 
4 (4). Argentina – 1348 
5 (5). Belgiya – 1325 
6 (6). Ispaniya – 1231 
7 (7). Polsha – 1213 
8 (8). Shveytsariya – 1190 
9 (9). Fransiya – 1183 
10 (10). Chili – 1153

Ko‘proq yangiliklar: