YeChL. "Real" mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi, "Liverpul" "Portu"ga imkon qoldirmadi

Sport 03:07 / 15.02.2018 31551

2017/18 yilgi Chempionlar Ligasi 1/8 finalining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkazildi. 

Kunning markaziy o‘yini "Real Madrid" hamda "PSJ" o‘rtasida kechdi. "Real" o‘zi mezbonlik qilgan uchrashuvda 3:1 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi. 
Rabo 33-daqiqada gol urib, parijliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida Ronaldu penaltini aniq amalga oshirib, oradagi farqni yo‘qqa chiqardi.

Uchrashuv asosiy vaqti tugashiga 7 daqiqa qolganida Ronaldu dubl qayd etib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 86 daqiqada Marselo yakuniy hisobni o‘rnatdi. 

Kunning ikkinchi juftlik bahsida "Liverpul" safarda "Portu" darvozasiga javobsiz 5ta gol urdi. 

Saloh hamda Firmino 1tadan gol urgan bo‘lsa, Mane hettrikka erishdi. 

Real Madrid Ispaniya – PSJ Fransiya 3:1 (1:1, 2:0)

Gollar: 0:1 – 33 Rabo, 1:1 – 45, penalti Ronaldu, 2:1 – 83 Ronaldu, 3:1 – 86 Marselo.
Real Madrid – Navas, Nacho, Varan, Ramos, Marselo, Modrich, Kazemiro (Vaskes, 79), Kroos, Isko (Asensio, 79), Benzema (Beyl, 68), Ronaldu.
PSJ – Areolya, Dani Alves, Markinos, Kimpembe, Berchiche, Verratti, Lo Chelso (Draksler, 84), Rabo, Mbappe, Kavani (Mene, 66), Neymar.
Ogohlantirishlar: Neymar (14), Lo Chelso (25), Isko (32), Rabo (64), Nacho (78), Mene (90).

Portu Portugaliya – Liverpul Angliya 0:5 (0:2, 0:3)

Gollar: 0:1 – 25 Mane, 0:2 – 29 Saloh, 0:3 – 53 Mane, 0:4 – 69 Firmino, 0:5 – 85 Mane.
Portu – Joze Sa, Rikardu Pereyra, Reyyes, Markano, Telles, Serjiu Oliveyra, Errera, Marega, Otavio (Korona, 46), Braimi (Uoris, 62), Soares (Gonsalu Pasiyensiya, 74).
Liverpul – Karius, Aleksander-Arnold (Gomes, 79), Lovren, van Deyk, Robertson, Milner, Xenderson (Matip, 75), Veynaldum, Saloh, Firmino (Ingz, 80), Mane.

Ko‘proq yangiliklar: