Jalaquduq moliya bo‘limi tomonidan ijtimoiy sohaga ajratilgan byudjyet mablag‘lari reja asosida ta'minlab boriladi

Jamiyat 14:03 / 14.02.2018 11796

Andijon viloyati Jalaquduq tumani tibbiyot birlashmasi hamda uning tasarrufidagi sog‘liqni saqlash muassasalarining 2017 yil uchun ajratilgan byudjyet mablag‘lari jami 18 mlrd. 914 mln. 438 ming so‘mni tashkil qilgan. 

Shu jumladan 1-guruh ish haqi xarajatlariga jami 13 mlrd. 756 mln. 732 ming so‘mni, 2-guruh ish haqidan ajratma xarajatlari 3 mlrd. 412 mln. 715 ming so‘mni, 4-guruh boshqa xarajatlarning rejasi 1 mlrd. 744 mln. 991 ming so‘mni tashkil etgan. 4-guruh xarajatlarida dori-darmon xarajatlariga 454 mln. 367 ming so‘mni, oziq-ovqat xarajatlariga 185 mln. 289 ming so‘mni tashkil etgan. 

Bundan tashqari, tibbiyot muassasalarining joriy ta'mirlash xarajatlariga 71 mln 497 ming so‘m, zamonaviy qozonlar o‘rnatish va issiqlik tizimini mukammal ta'mirlash xarajatlariga jami 40 mln. 847 ming so‘m mablag‘lar ajratilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi №276 sonli “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash jamg‘armasi shakllantirish xarajatlariga 550 mln. 738 ming so‘m yoki umumiy xarajatlarning 2.9 foiziga teng mablag‘ ajratilishi ta'minlangan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 martdagi PQ-2857 sonli qaroriga muvofiq, 2017 yilda mavjud 23 ta qishloq vrachlik punktlari yuridik maqomi tugatilishi hamda past samara bilan ishlab kelayotgan qishloq vrachlik puktlari maqbullashtirilishi natijasida tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufida 9 ta qishloq vrachlik punkti, 2 ta qishloq oilaviy poliklinikasi tashkil etilib, ularning huquqiy vorislari etib tuman tibbiyot birlashmasi tayinlandi. Yangidan tashqil etilgan qishloq oilaviy poliklinikalari shtatlar jadvaliga 2 terapevt, 1 pediatr, 1 jarroh, 1 akusher ginekolog, 1 stomotolog, 1 laborant tor soha mutaxasislarining shtat birliklari kiritilishi to‘liq ta'minlandi. Tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limiga jami 11, shu jumladan, 5,5 shtat birligida tez yordam vrachi, 5,5 shtat birligida tez yordam hamshirasi shtat birliklari qo‘shimcha ajratildi.

Jalaquduq tumani tibbiyot birlashmasi xamda uning tasarrufidagi sog‘liqni saqlash muassasalarining 2018 yil uchun ajratilgan byudjyet mablag‘lari jami 22 mlrd. 754 mln. 506 ming so‘mni tashkil qilgan. 2017 yilda dori-darmon xarajatlariga 454 mln. 367 ming so‘mni tashkil etib, qishloq vrachlik punktlari hamda ko‘p tarmoqli markaziy polikilinikalarigi biriktirilgan har bir aholi soniga nisbatan 650 so‘mdan, tibbiyot birlashmasining bajarilgan bemor kunlarining bir o‘rin soniga nisbatan 2891 so‘mni, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limining bajarilgan o‘rin kunlari soniga nisbatan 2963 so‘mdan mos kelgan bo‘lsa, 2018 yilda bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan to‘rt barobarga ortig‘i bilan rejalashtirilish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, tibbiyot birlashmasi hamda uning tasarrufidagi tibbiyot muassasalariga 2018 yilda jami 16 dona yoki 48 mln so‘mlik kompyuter jamlanmasi bilan ta'minlash alohida belgilanib olingan. Tibbiyot birlashmasining kirxonasi uchun zamonaviy kir yuvish mashinalari uchun 50 mln so‘m, tibbiyot birlashmasining atrof devor bilan o‘rash uchun 220 mln so‘m, mebel jihozlari bilan ta'minlash uchun 150 mln so‘m mablag‘lar ajratilishi rejalashtirilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: