“O‘zpaxtasanoat” paxta tolasini norezidentlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontraktlar bo‘yicha sotadi

O‘zbekiston 13:43 / 14.02.2018 14009

“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi kanalida xabar berildi.

Qaror paxta tolasini sotish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan. Unga ko‘ra “O‘zpaxtasanoat” AJ korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasi eksportga xorijiy valyutada norezidentlarga birja savdolari orqali va to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontraktlar bo‘yicha sotiladi.

“O‘zpaxtasanoat” AJ korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini saqlash hamda eksportga va respublika tashkilotlariga yetkazib berish faqat paxta terminallari orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, xorijiy xaridorlar hamda respublika tashkilotlari tomonidan paxta tolasini sifati va og‘irligi bo‘yicha yakuniy qabul qilib olish paxta terminallarida amalga oshiriladi.

Qaror bilan Paxta tolasini sotish va hisob-kitob qilish, Paxta tolasini birja savdolarida sotish, Paxta tolasini sertifikatlash va tortish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.

Ko‘proq yangiliklar: