O‘zbekistonda yana yirik o‘zgarishlar. Kim qayerga ketdi?

O‘zbekiston 11:15 / 14.02.2018 239038

2018 yilning 13 fevral kuni O‘zbekistonda navbatdagi yirik lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda qisqacha umumiy ma'lumot berib o‘tamiz.

Bojxona 

Dastlab O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Muidjon Tohiriy ishdan olingani haqida xabarlar tarqaldi. Bu ma'lumot keyinchalik «KUN.UZ» manbasi tomonidan tasdiqlandi. Bojxona qo‘mitasiga Bosh prokuror o‘rinbosari, general-mayor Murotjon Azimov yangi rais etib tayinlandi. Muidjon Tohiriyning iste'fosiga nima sabab bo‘lgani va uning keyingi ish joyi hozircha noma'lum

Foto: general-mayor Murotjon Azimov

Qishloq va suv xo‘jaligi 

Foto: Zoyir Mirzayev

Shundan so‘ng qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Mirzayev lavozimidan ketgani ma'lum bo‘ldi. Shu bilan birga, Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimini saqlab qolgan

Foto: Bahodir Yusupov

Vazirlik esa ikkiga ajratilgan: Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi. Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Namangan viloyatining sobiq hokimi Bahodir Yusupov rahbar etib tayinlangan. Suv xo‘jaligi vazirligiga esa sobiq Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida vazirning suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan Shavkat Hamroyev vazir etib tayinlangan

Foto: Shavkat Hamroyev

Toshkent IIBB

Bahodir Qurbonov

Bundan tashqari, 13 fevral kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Qurbonov lavozimini tark etdi. «KUN.UZ» manbasi ma'lumot berishicha, general-mayor Bahodir Qurbonov Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlangan. Prezident Farmoni bilan Bahodir Qurbonovga general-mayor harbiy unvoni berildi

Foto: Rustam Jo‘rayev / FVV

O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri Rustam Jo‘rayev Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Rustam Jo‘rayev 1968 yilda tug‘ilgan bo‘lib, 2015-2017 yillarda – Xorazm viloyati IIB boshlig‘i sifatida ishlagan. R. Jo‘rayevga general-mayor harbiy unvoni ham berildi.

Sport

Foto: Rustam Qurbonov / Foto: KUN.UZ

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov lavozimdan ketdi. Endi uning o‘rnida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining sobiq rektori, O‘FFning sobiq vitse-prezidenti Shoakram Isroilov rahbar bo‘ladi. Shuningdek, O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi o‘rnida Sport ishlari vazirligi tashkil etilishi ma'lum bo‘ldi. Kun.uz manbasi ma'lumotiga ko‘ra, prezidentning tegishli farmoni imzolangan. Ushbu farmon yaqin kunlar ichida e'lon qilinishi kutilyapti.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyining eng so‘nggi kunida ham O‘zbekistonda yirik lavozim tayinlovlari ro‘y bergandi. Xususan, Rustam Inoyatov MXX rahbarligidan ketib, Ixtiyor Abdullayev MXXga yangi rais bo‘ldi. Abdullayev o‘rniga prezidentning davlat maslahatchisi Otabek Murodov respublikaning yangi bosh prokurori etib tayinlandi
 
 

Ko‘proq yangiliklar: