Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib beradi

O‘zbekiston 11:53 / 14.02.2018 45698

Joriy yilning 5 fevral kuni «O‘zbekenergo» AJ, Tojikiston Energetika va suv xo‘jaligi vaziri hamda «Barki Tochik» korxonasi o‘rtasida rahbariyati darajasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu O‘zbekiston va Tojikistonning energotizimi bo‘yicha ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish hamda O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi savdo-iqtisodiy hamkorligi bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida ro‘y berdi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha Tojikiston energetika tizimini O‘zbekiston energotizimiga ulash hamda Tojikiston energetika tizimini Markaziy Osiyo Birlashgan energetika tizimi bilan parallel ishlashga keyinchalik bog‘lash bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, Tojikistondan 2018 yil vegetatsiya davrida elektr energiyasini yetkazib berish masalasi ko‘rib chiqildi.

Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasini mart oyidan yetkazib berishni boshlashi mumkin. Tojik elektr energiyasi eksportining umumiy hajmi yiliga kamida 1,5 milliard kilovatt soatni tashkil etadi. Bu haqda «AP» Tojikiston hukumatidagi manbaga asosan xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Dushanbe va Toshkent bugungi kunda tojik elektr energiyasini o‘zbek bozoriga yetkazib berish shartlarini muhokama qilyapti.

Ushbu masala bo‘yicha yakuniy qaror O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga mart oyi boshida amalga oshiradigan davlat tashrifi davomida qabul qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: