Prezident farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi ijro tuzilmasida yangi lavozim tashkil etildi

O‘zbekiston 12:16 / 14.02.2018 43929

O‘zbekiston prezidenti “Qishloq va suv xo‘jaligida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi negizida: 

Qishloq xo‘jaligi vazirligi;
Suv xo‘jaligi vazirligi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro tuzilmasidagi bosh vazir o‘rinbosari – Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri - qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimi tugatiladi. 

Vazirlar Mahkamasi ijro tuzilmasida bosh vazir o‘rinbosari – qishloq va suv xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimi tashkil etiladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Mirzayev lavozimidan ketgani ma'lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: