«O‘ztransgaz» rahbari bilan suhbat uchun savollar qabul qilinadi

O‘zbekiston 18:40 / 13.02.2018 9723

«KUN.UZ» sayti «O‘ztransgaz» aksionerlik jamiyati boshqaruv raisi Alisher Sayfullayevich Mustafoyev bilan suhbat uyushtirishni rejalashtirmoqda.

Sayt o‘quvchilari kompaniya rahbaridan istemolchilarni uzluksiz tabiiy gaz bilan ta'minlash masalasi, shuningdek, tabiiy gaz transportirovkasi, tranzit va eksport borasidagi dolzarb savollarga javob olishi mumkin bo‘ladi.

Saralangan savollar suhbat davomida  suhbatdoshga beriladi, shuningdek, murojaatlar suhbat so‘ngida yetkaziladi.

Savollar va murojaatlarni ushbu havola orqali yoki info@kun.uz elektron manziliga yuborish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: