«O‘zbekiston havo yo‘llari» AITO’ga a'zo bo‘ldi

O‘zbekiston 17:50 / 13.02.2018 13489

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Buyuk Britaniya Mustaqil sayyohlik operatorlari assotsiatsiyasi (AITO) a'zosi bo‘ldi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, bu ikki mamlakat o‘rtasidagi sayyohlik aloqalarini mustahkamlash va O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini Britaniya sayyohlik xizmatlari bozorida ommalashtirishda muhim qadamdir. Ushbu uyushma a'zoligi «O‘zbekiston havo yo‘llari» brendi va mamlakatning sayyohlik mahsulotlarini keng targ‘ib qilish, shuningdek Buyuk Britaniyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.

Buyuk Britaniya Mustaqil sayyohlik operatorlari assotsiatsiyasi (AITO) - o‘z safiga 120ga yaqin ixtisoslashgan va mustaqil turoperatorlarni birlashtirgan Buyuk Britaniyaning turizm bo‘yicha savdo guruhi hisoblanib, uning a'zolari noyob madaniyatga, boy tarixga va alohida tabiiy sharoitlarga ega bo‘lgan mamlakatlarning turistik mahsulotini taqdim etish borasida 170 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi. AITO 1976 yilda tashkil topgan bo‘lib, uning shtab-kvartirasi Londonning janubi-g‘arbidagi Tvikenham shahrida joylashgan.

Ko‘proq yangiliklar: