O‘zbekiston 2018 yil yanvar oyida nechta yengil avtomobil ishlab chiqargani ma'lum 

Iqtisodiyot 09:10 / 13.02.2018 29223

O‘zbekiston 2018 yil yanvar oyida yengil avtomobillar ishlab chiqarishni 2017 yilning shu davriga nisbatan 60,6 foizga, ya'ni 12,17 ming donagacha oshirdi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak bermoqda.

Yanvar oyida yuk avtomobillari ishlab chiqarilishi soni 177 tani tashkil etgan bo‘lib, bu 2017 yil yanvariga nisbatan 36,1%ga kam.

2018 yil yanvar oyida O‘zbekistonda avtobus ishlab chiqarish 2017 yil yanvariga nisbatan 2,5 foizga kamaydi - 40 donagacha.

O‘zbekiston korxonalari hisobot davrida avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish hajmini 58,2 foizga oshirdi - 9,22 mingga qadar.

Ko‘proq yangiliklar: