Trampning kelini oq kukunli konvert olgandan keyin shifoxonaga tushdi

Jahon 01:10 / 13.02.2018 28128

AQSh prezidenti Donald Trampning o‘g‘li Kichik Donald Trampning rafiqasi Vanessa Tramp oq kukunli konvert olgandan keyin shifoxonaga tushdi. Bu haqda politsiyaga iqtibos keltirgan holda Fox News telekanali xabar berdi.  

“12 fevralda Kichik Donald Trampning rafiqasi Vanessa Tramp oq kukunli konvert olgandan keyin shifoxonaga yotqizilgan”, deb xabar bergan telekanal.  

Ta'kidlanishicha, Trampning kelini konvertni mahalliy vaqt bilan soat 10da olgan. 

Voqeaning boshqa tafsilotlari hozircha noma'lumligicha qolmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: