Shimoliy Koreya yetakchisi Janub bilan yarashuv muhitini yanada jonlantirish muhimligini aytdi

Jahon 07:31 / 13.02.2018 6801

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreyadan qaytgan delegatsiya vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma'lum qildi.

Uchrashuvda Shimoliy Koreyaning rasmiy rahbari Kim Yon Nam va Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon ishtirok etgan, ular davlat yetakchisiga safar haqida batafsil hisobot taqdim qilishgan.

“Kim Chen In hisobotni qabul qilgandan keyin mamnuniyat bildirdi va Janubiy Koreya tomondan Shimoliy Koreya delegatsiyasi qabul qilingan sharoitlar yaxshi tassurot qoldirganini aytdi”, deb aytilgan xabarda.

Shimoliy Koreya yetakchisi Shimol va Janub o‘rtasida “yarashuvning iliq muhitini yanada jonlantirish va muloqotni davom ettirish” muhimligini aytgan.

22 kishidan iborat Shimoliy Koreya delegatsiyasi Janubiy Koreyaga 9 fevralda maxsus reys bilan yetib kelgandi. Delegatsiya vakillari Olimpiada ochilish marosimida ishtirok etishgan hamda Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In va bosh vazir Li Nak Yon bilan uchrashishgan.

Ko‘proq yangiliklar: