Samarqandda tuman hokimi o‘rinbosarlariga “Damas” avtomashinalari topshirildi  

O‘zbekiston 09:03 / 13.02.2018 15965

Samarqand viloyat hokimi T.Jo‘rayev tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga “Prezident sovg‘asi” – “Damas” avtomashinalarini tantanali topshirdi. Bu haqda viloyat hokimligining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda  xizmat mashinalari mutaxassislarning dehqonlarga yanada yaqin bo‘lishida, fermerlar dalalariga borib, agrotexnik tadbirlar, ekinlar parvarishini nazorat qilishida, kerak paytda zaruriy maslahatlar berishda qulaylik yaratishi ta'kidlandi.

Foto: Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmati

 

Ko‘proq yangiliklar: