Saakashvili Merkeldan yordam so‘radi

Jahon 15:37 / 13.02.2018 10972

Gruziya sobiq prezidenti va Ukrainaning Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Germaniya kansleri Angela Merkel hamda YeIdan yordam so‘radi. Bu haqda Germaniyaning Bild nashri yozmoqda.

Saakashvilining so‘zlariga ko‘ra, Kiyevda unga niqob kiygan erkaklar hujum qilib, uni xususiy samolyotda Polshaga olib chiqib ketishgan. Saakashvili bu ishning ortida Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko turibdi degan fikrda.

«Agarda Yevropa ittifoqi va birinchi navbatda Angela Merkel nimadir qilmaydigan bo‘lsa, Ukraina vayron bo‘ladi. Poroshenko bu mamlakatni vayronaga aylantirmoqda hamda meni uzoqroqqa yuborishni xohlamoqda, sababi men korrupsiyani fosh etmoqdaman», - deya aytib o‘tdi Saakashvili.

Shuningdek siyosatchining ma'lum qilishicha, Ukrainaga qonuniy yo‘l bilan qaytish va kurashni davom ettirish niyatida.

Ko‘proq yangiliklar: