Pokiston BMT XKning taqiqlangan shaxslar va tashkilotlar ro‘yxatini tan oldi

Jahon 13:30 / 13.02.2018 6566

Pokiston prezidenti Mamnun Husayn 1997 yildagi terrorizm bilan kurash to‘g‘risidagi qonunga tuzatishlar kiritish haqidagi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan terrorchilik tashkiloti deb topilgan guruhlar Pokistonda ham shunday sanaladi. Bu haqda Dawn nashri xabar berdi.

Juma kuni imzolangan qaror terrorchilikka qarshi qonun bandlariga qator tuzatishlar kiritadi. U hukumatga BMT XK ro‘yxatlarida nomi zikr etilgan alohida shaxslar va tashkilotlarga qarshi choralar ko‘rish, ularga tegishli binolarni xatlovga olish, bank hisob raqamlarini muzlatish imkonini beradi.

Terrorchilik tashkilotlari va taqiqlangan faoliyatga aloqador bo‘lgan shaxslarning xalqaro hamda milliy ro‘yxatlari o‘rtasidagi farqni yo‘qqa chiqargan bu qadam Parijda pul yuvish bilan kurash bo‘yicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish Guruhi yig‘ilishi o‘tkazilishidan bir hafta avval qabul qilindi. Kutilishicha, uchrashuv davomida Pokistonning BMT XK ro‘yxatiga kiritilgan tashkilotlarni moliyalashtirishga qarshi choralarga rioya etish bo‘yicha sa'y-harakatlari baholanadi.

Ko‘proq yangiliklar: