Mutolaa bog‘chadan boshlanadi - Samarqanddagi MTMda kutubxona ochildi

O‘zbekiston 09:17 / 13.02.2018 13189

Mamlakatimiz kelajagi va ravnaqida muhim o‘rin tutadigan maktabgacha ta'lim sohasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Maktabgacha ta'lim tizimi jamiyatning birlamchi va eng muhim bo‘g‘ini bo‘lib, sog‘lom genofondni, yetuk kadrlarni tarbiyalashda, ish avvalo shu tizimdan boshlanishi kerakligi davlat rahbari tomonidan bir necha marotaba ta'kidlanib kelmoqda.

Sohibqiron bobomiz Amir Temurning «Kitob (bitik) barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir», degan purma'no so‘zlari ayni haqiqatdir. Chunki bola tarbiyasida kitoblarning o‘rni beqiyosdir.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 12 yanvardagi «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish to‘g‘risida»gi farmoyishiga asosan Samarqand shahar 107-maktabgacha ta'lim muassasasida yangi zamonaviy kutubxonaning ochilishi barcha bolajonlarimiz hamda mahalla ahlining hayotida katta quvonchli voqea bo‘ldi. Ochilish marosimida jajji bog‘cha tarbiyalanuvchilari kitobxonlikka bag‘ishlab sahna ko‘rinishlari hamda badiiy chiqishlari qilgani kishini hayratda qoldirdi.

Foto: KUN.UZ

Ushbu kutubxonada mingdan ziyod ertak kitoblari, bolalar, badiiy, huquqiy adabiyotlar joy olgan. Bundan tashqari, ingliz, rus tillarida yozilgan bolalar adabiyotlar ham bor.

Ushbu maktabgacha ta'lim muassasasidagi kutubxonaning asosiy maqsadi xar xil uslublardan foydalanib (Kitobni o‘qib berib, sahna ko‘rinishi asosida, eshitgan ertak kitobi qahramonlarini rasmlarini chizish orqali va h.k.) o‘qishni bilmagan bolaga kitobga bo‘lgan mehrni o‘yg‘otish va kitobxonlik madaniyatini bog‘cha yoshidan shakllantirishdan iboratdir.

Foto: KUN.UZ

Shuni alohida ta'kidlash joizki, ushbu mahallada kutubxona yo‘qligini inobatga olsak, bu kutubxonadan mahalla ahlining ham foydalanishi quvonchli voqea bo‘ldi.

Samarqand shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan barcha maktabgacha ta'lim muassasalaridagi mavjud kutubxonalarni zamonaviy ko‘rinishga keltirish, kitob fondini boyitish hamda kutubxonasi yo‘q muassasalarda ularni tashkil etish bo‘yicha muayyan rejalar ishlab chiqilgan.

O‘z muxbirimiz.

Ko‘proq yangiliklar: