Muqaddam sudlangan aka-uka yana jinoyat sodir etdi

Jamiyat 10:49 / 13.02.2018 18380

2017 yil 6 sentabrda Toshkent viloyatining Angren shahrida  noma'lum shaxs A.S.ga tegishli A.Navoiy ko‘chasida joylashgan savdo do‘koniga tom qismini buzish yo‘li orqali kirib, u yerdan bir necha turdagi 3.836.500 so‘mlik uy-ro‘zg‘or buyumlarini o‘g‘irlab ketgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Angren shahar 10-daha 2-uyda yashovchi, muqaddam sudlangan, 1996 yilda tug‘ilgan  I.B. va uning birga yashovchi o‘gay akasi, muqaddam sudlangan, 1992 yilda tug‘ilgan D.B. sodir etganliklari aniqlanib, qo‘lga olinganlar.

Ko‘proq yangiliklar: