Millatlar hamdo‘stligida Yelizaveta II merosxo‘rlari yashirin ravishda muhokama qilinadi

Jahon 15:44 / 13.02.2018 6589

Britaniya millatlar hamdo‘stligi Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta IIning ehtimoliy vorislarini muhokama qilmoqda. Bu haqda «Bi-bi-si» yuqori mansabli manbalarga asosan xabar berdi.

Hamdo‘stlik Londonda yig‘ilib, xalqaro tashkilotni boshqarish masalalarini muhokama etadigan «yuqori darajadagi guruhni» tashkil qildi. Biroq, manbalar ma'lumotiga ko‘ra, guruh aprelda 92 yoshga kiradigan qirolicha Yelizaveta II hayotdan ko‘z yumadigan bo‘lsa, ehtimoliy voqealar rivoji bo‘yicha masalani ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.

Bu masala juda og‘ir, sababi Millatlar hamdo‘stligi rahbari roli avloddan avlodga o‘tmaydi va qirolicha vafot etganidan so‘ng shahzoda Chalz Uelslikka avtomatik ravishda topshirilmaydi.

Sammit kun tartibi «rahbariyatning kengaytirilgan masalalari» bandiga ega, biroq, manbalar so‘zlariga qaraganda, bu band huquqiy vorislik masalasining kodli belgisidir.

Ko‘proq yangiliklar: