Ko‘chmas mulkni propiskasiz sotib olish: masalaning narxi qanday?

O‘zbekiston 15:18 / 13.02.2018 50956

2018 yilgi Davlat dasturida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiska sohasida bir qator yengilliklar ko‘zda tutilgan. Eng kutilayotgani - pasportida tegishli muhrga ega bo‘lmagan shaxslar uchun ikkilamchi bozorda ko‘chmas mulkni sotib olish imkoniyatidir. Narxlar «osmonga» ko‘tarilib ketadimi va davlat qanday choralar ko‘rishi mumkin? Norma.uz bu haqda maqola e'lon qildi.

Birinchidan, «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiskasi bo‘lmagan shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk sotib olish bo‘yicha mavjud talablarni soddalashtirish» rejalashtirilgan. Ya'ni, gap yangi uy sotib olish uchun shart-sharoitlar haqida ketmoqda.

Hozirda talablar quyidagilardir:
 
Yangi qurilgan uy maqomi - foydalanishga topshirilgandan boshlab 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ega bino, inshoot, turar-joy binosi bilan shartnomalar ruxsat berilgan. Shu bilan birga, ko‘chmas mulkka egalik qilish huquqi tuman (shahar) hokimining qaroriga binoan, tugallangan qurilish loyihasini qabul qilish komissiyasining aktini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori asosida yuzaga keladi. Shartnoma faqat quruvchi bilan tuzilishi mumkin. Quruvchi nazariy jihatdan qurilishning dastlabki bosqichida boshqa shaharlardan bo‘lgan xaridorlardan pul ololmaydi; 
 
ko‘chmas mulkning yuqori darajadagi qiymati - 2500 EKIHlik eng kam kelishuvlar miqdori past narxlarda arzon uy-joy qurilishiga to‘sqinlik qiladi. Ma'muriy taqiqlar tufayli bozor bahosi mexanizmi faqat narx oshish yo‘nalishida ishlaydi;

sotib olishda oshirilgan davlat boji – kelishuv miqdorining 5 foizi qo‘shimcha to‘siq hisoblanadi;
 
3 yil ichida qayta sotilganda oshirilgan davlat boji - 400 EKIH propiska olish uchun spekulyativ operatsiyalarning oldini olib turadi, biroq bozordan mulkni 3 yil muddatga chiqaradi;
 
Hisob-kitob qilishning noqulay shakli – bank orqali pul mablag‘larini kiritish yo‘li bilan. Ushbu to‘lov usuli faqat yuridik shaxslarga to‘lovlar uchun mos keladi. Xususiy uylarni qurish bilan shug‘ullanadigan kamdan-kam jismoniy shaxslar bunday operatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan ortiqcha ishlarga rozi bo‘ladi. Natijada, propiska bo‘lmagan odamlar xususiy uylar emas, balki faqat kvartira sotib olishadi.
 
Yuqorida aytib o‘tilganlarni sarhisob qiladigan bo‘lsak, propiskasi bo‘lmagan shaxslar yangi qurilgan binolarda uy-joy sotib olish uchun kamida 2 625 EKIH sarflaydi. Bu 452 million 130 ming so‘m yoki 55 200 AQSh dollaridir.
 
Hujjat ishlab chiquvchilari belgilangan talablarni qayta ko‘rib chiqishlari kerak.
 
Ikkinchidan, «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkni ikkilamchi bozorda propiskasi yo‘q shaxslar tomonidan sotib olinishiga cheklovlarni asoslanmagan spekulyatsiyalarning oldini olish bo‘yicha choralar qabul qilish bilan olib tashlash» taklif qilingan.
 
Bunday choralar ostida davlat tomonidan iqtisodiyotni boshqarishda qo‘llaniladigan vositalarning butun majmuini tushunish mumkin. Bir narsa aniq - ko‘chmas mulk narxining o‘sishi bosib turiladi.
 
Iqtisodiy dastaklar bor – qurilayotgan obektlarni arzonlashtirish va ularning sonini ko‘paytirish. Prezidentning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatidan ma'lumki, 2018 yilda arzon uy-joy qurilishi sur'ati 1,5 barobarga ortadi.
 
Bundan tashqari, davlat yangi uy-joylarga bo‘lgan talabni rag‘batlantiradi (shu jumladan kreditlar va soliq imtiyozlari bilan), chunki u jalb etilgan mablag‘lar hisobiga quriladi va loyihaning muvaffaqiyati uchun sotilishi kerak. Natijada eskirgan kvartirani emas, balki yangi uyni sotib olish ancha jozibador bo‘ladi.
 
Hech kim ma'muriy dastaklarni bekor qilgani yo‘q. Masalan, yangi binolar bilan bitimlar kabi bir xil yoki o‘xshash qonuniy talablarni joriy etish.
 
Bizning fikrimizcha, eng maqbul qaror, oshirilgan davlat bojini joriy qilishdir. Uni yangi qurilgan binolarni xarid qilishda olinuvchi hajmga tenglashtirishadi (kelishuvdan 5 foiz, lekin kamida 125 EKIH – 21 mln 530 ming so‘m). Bu asosiy va ikkilamchi bozorda teng raqobat sharoitlarini yaratishning eng oddiy varianti.
 
Davlat bojining asr miqdori 125 EKIHdan yuqori bo‘lishi mumkinligi sababli, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiskasi bo‘lmagan jismoniy shaxslar ishtirokidagi hisob-kitoblar faqat bank orqali amalga oshirilishi mumkin. Aks holda, davlat bojining to‘lanishini nazorat qilish oson bo‘lmaydi.

Bunday bojning yana bir boshqa sababi - ko‘chmas mulkning bozor qiymatini mustaqil baholashning joriy etilishi. Agarda boj kelishuvlar summasidan foizlarda belgilanadigan bo‘lsa, qiymat aniq yozib qo‘yilishi kerak.
 
Ko‘rinib turibdiki, xuddi yangi qurilgan binolar kabi sotib olinganidan keyin 3 yillik davr joriy etiladi, uning davomida ko‘chmas mulkni begonalashtirish uchun 400 EKIHlik yig‘im olinadi.

O‘zgartirishlar hali qabul qilinmadi.
 
Shu bilan birga, ikkilamchi bozorda, xususan, fevral oyining boshidan buyon uy-joylar va kvartiralar bahosining o‘sishi kuzatilmoqda.

Ta'kidlab aytish kerak, bu hali loyiha va qaror chiqquncha vaziyat yana o‘zgarishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: