Qozog‘istonda o‘qituvchilar asosiy maoshdan 30-50 foizini qo‘shimcha ustama haq sifatida oladilar

Jahon 16:29 / 13.02.2018 12756

Qozog‘iston o‘qituvchilari asosiy ish haqiga qo‘shimcha tarzda ustama ham oladilar. Tegishli qarorni Qozog‘iston Respublikasi bosh vaziri Bakitjan Sagintayev imzoladi.

2018 yil 1 yanvardan kuchga kirgan hujjatga muvofiq, ta'limning yangilangan mazmuniga qarab, boshlang‘ich, o‘rta va umumiy o‘rta ta'lim dasturlarini amalga oshiradigan ta'lim muassasalari o‘qituvchilarining qo‘shimcha ustama haqi 30 foizni tashkil etadi.

Ko‘rsatilgan qo‘shimcha to‘lovni belgilash tartibi va shartlari ta'lim sohasidagi vakolatli organ tomonidan belgilanadi. Ushbu qo‘shimcha ustama amaldagi ish yuklamasini hisobga olgan holda rasmiy maoshga belgilanadi, lekin qonun hujjatlarida belgilangan me'yoriy ta'lim yuklamasidan oshmaydi.

Bundan tashqari, milliy malaka imtihonini topshirgan va boshlang‘ich, asosiy hamda umumiy o‘rta ta'limga mo‘ljallangan ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi o‘qituvchilar: usta-pedagog, pedagog-tadqiqotchi, o‘qituvchi-ekspert, o‘qituvchi-moderator pedagogik mahorat malakasi uchun 30 dan 50 foizgacha bo‘lgan qo‘shimcha ustama haq oladi.

Ko‘proq yangiliklar: