Koreya Respublikasining Madaniyat va san'at uyi ochilishida ikki davlat rahbari qatnashishi kutilmoqda

O‘zbekiston 16:03 / 13.02.2018 6462

O‘zbekistonda Koreya Respublikasining Madaniyat va san'at uyi ochiladi va unda ikki mamlakatning davlat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda. KUN.UZ muxbiri 13 fevral kuni O‘zbekiston-Koreya yig‘ilishida mehmon tomonning bergan ma'lumotlariga asoslanib, shu haqida xabar berdi. 

O‘zbekiston tomon Koreya madaniyat va san'at uyi qurilish muddatini tezlashtirishni so‘radi. "Hozirda Koreya tomon qurilish ishlarini tezlashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bunda biz xavfsizlik masalalariga ham e'tibor qaratishimiz lozim. Madaniyat uyining ochilishi ikki mamlakat prezidenti ishtirokida bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Bu borada Koreya va O‘zbekiston uzviy hamkorlik qiladi", - deyiladi koreyaliklar bayonotida. 

Koreya tomon bu borada bugun tor doirada kelishib olinganini ta'kidlagan holda, texnik va texnologik masalalarni yana bir bor ko‘rib chiqishi hamda O‘zbekiston rahbariyati tomonidan kelib tushgan iltimosni qoniqtirishga harakat qilib, Koreya madaniyat va san'at uyining ochilish marosimini joriy yilning may oyida o‘tkazish imkonini ko‘rib chiqishga va'da berdi.

Ko‘proq yangiliklar: