Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ikkiga ajratildi

O‘zbekiston 20:20 / 13.02.2018 66647

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ikkiga ajratildi. Vazirlik o‘rnida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi tuzilgan.

«KUN.UZ» manbasi ma'lumot berishicha, Suv xo‘jaligi vazirligiga sobiq Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida vazirning suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan Shavkat Rahimovich Hamroyev vazir etib tayinlangan.

Foto: Shavkat Hamroyev

Bundan avvalroq Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Mirzayev iste'foga chiqqani va yangi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Bahodir Tursunovich Yusupov rahbar etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Foto: Bahodir Yusupov
Ko‘proq yangiliklar: