Kattaqo‘rg‘on paxta tozalash zavodida gaz portladi - qurbonlar bor

O‘zbekiston 19:40 / 13.02.2018 72494

Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahridagi paxta tozalash zavodida gaz portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan. Bu ma'lumot KUN.UZ manbasi tomonidan tasdiqlandi.

Bizga xabar berishlaricha, paxta tozalash zavodining quritish sexida gaz to‘planib qolishi natijasida portlash ro‘y bergan. Halok bo‘lganlarning biri 1960 yilda tug‘ilgani, ikkinchisi yoshroq yigit ekanligi ma'lum.

Tahririyatimizga voqea joyidan fotosuratlar ham jo‘natilgan. Undan ko‘rinishicha, portlash oqibatida bino devorlari va tom qismi qulagan.

Manbaning ma'lum qilishicha, sex yaqindagina xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinganlik bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazilgan bo‘lgan. Portlash aynan nima sababli kelib chiqqani haqida hozircha rasmiy ma'lumotlarga ega emasmiz.

KUN.UZ ushbu voqea yuzasidan aniqlashtirilgan yangi ma'lumotlarni keyinroq sizlarga taqdim etadi.

Ko‘proq yangiliklar: