Turkiya AQShni Suriyadagi kurdlarga qurol yetkazib berishni ko‘paytirishda aybladi

Jahon 20:10 / 13.02.2018 5751

AQSh Suriya kurdlari mudofaa kuchlariga (YPG) qurol-yarog‘ yetkazib berish hajmini oshirgan. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim ma'lum qildi.

Turkiya va AQSh munosabatlari turklar rasmiy Vashingtonni Suriya kurdlari mudofaa kuchlarini qo‘llab-quvvatlashda ayblashi ortidan taranglashmoqda. Turkiya Suriya shimolidagi kurdlar tashkilotini terrorchilik tashkiloti deb hisoblaydi. O‘z navbatida AQSh bu kuchlarni IShIDga qarshi kurashda qo‘llashini iddao qiladi.

«Bunday bahonaning o‘zi jinoyat. Suriyada IShID xavfi yo‘q qilingan, AQSh va terrorchilar (YPG) hamkorligiga sabab qolmagan. Vashingtonning terrorchilar bilan hamkorligini davom ettirishini qanday tushunish kerak? Nega AQSh ularga yanada ko‘proq qurol yetkazib bermoqda?», deya vazirning so‘zlarini keltirgan Anadolu agentligi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «YPG terrorchilari tashqaridan yordam kelishiga umid qilishidan foyda yo‘q, ularning yakson etilishi damlari yaqin».

Ko‘proq yangiliklar: