Foto: «Bavariya» stadionida o‘yinlarni endi karovatdan tomosha qilish mumkin bo‘ladi

Sport 00:10 / 13.02.2018 15965

«Bavariya» stadionida yaqin vaqtlar ichida  futbol o‘yinlarini karovatda yotib tomosha qilish imkoniyati yaratiladi.

Myunxenliklar klubi Marriott kompaniyasi bilan kelishuv tuzgan, unga ko‘ra 2019/20 yilgi mavsumda «Alyants Arene» o‘yingohida karovat va mini-barga ega bo‘lgan laksheri-nomerlar quriladi. Kompaniya rasmiy sayti xabariga ko‘ra, vip-nomer ichki chempionatdagi o‘yinlar vaqtida ham, xalqaro turnirlardagi o‘yinlarda ham ochiq bo‘ladi.

AS xabariga ko‘ra, «Bavariya» uy arenasida shunday nomerlarga ega bo‘ladigan ilk jamoa bo‘ladi, stadionida bunday sharoitlarni muhayyo etish rejasi «Real» rahbariyatida ham borligi aytilgan.

Ma'lumot uchun, «Alyants Arena» o‘yingohi 75 ming tomoshabin uchun mo‘ljallangan.

Ko‘proq yangiliklar: