Farg‘onada xususiy tadbirkorni kaltaklab, so‘ng yoqib yuborishdi

Jamiyat 12:10 / 13.02.2018 168216

4 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida yashovchi, T.M. IIBga murojaat qilib, 3 fevral kuni soat 16.30larda birga yashagan o‘g‘li, xususiy tadbirkor, 1977 yilda tug‘ilgan R.M. Rishton tumanida joylashgan «Bo‘ston mazzali taomlari» nomli choyxonada o‘rtoqlari bilan o‘tirgan vaqtida noma'lum shaxs tomonidan chaqirib olingani, so‘ng o‘rtoqlarining oldiga qaytib kirmasdan hamda yashash uyiga kelmasdan bedarak yo‘qolganligini ma'lum qilgan. 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida 3 fevral kuni soat 11.00 larda Bog‘dod tumani Mirzaobod MFY yashovchilar 1987 yilda tug‘ilgan U.R., 1993 yilda tug‘ilgan Sh.M., 1981 yilda tug‘ilgan S.G‘.lar mast holda bo‘lgan tanishlari, Mirzaobod MFY yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan J.T. va Konizar MFYda yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan D.X. bilan birga R.M.ni Rishton tumanidagi «Bo‘ston mazzali taomlari» nomli choyxonadan ko‘chaga chaqirtirib S.G‘. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashinaga o‘tkazib, uni «Mirzaobod tutzori» fermer xo‘jaligi dala maydoniga olib borib, R.M.ni qasddan o‘ldirish maqsadida bir necha marotaba urib hushsiz holatga keltirishgan.

Ular sodir etgan jinoyatlarini yashirish maqsadida R.M.ning ustiga o‘zlari bilan olib kelgan benzin yoqilg‘isini sepib yoqib yuborganliklari ma'lum bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida U.R, Sh.M., S.G‘., J.T. va D.X.lar qo‘lga olingan.  

Ko‘proq yangiliklar: