22 nafar muhojir sement aralashtiruvchi mashinada BAA hududiga kirmoqchi bo‘ldi

Jahon 22:20 / 13.02.2018 30417

Tsement aralashtiruvchi mashinada BAA hududiga kirmoqchi bo‘lgan 22 nafar noqonuniy muhojir politsiya tomonidan topildi. Bu haqda amirliklarning The National nashri xabar berdi. 

Transport vositasi haydovchisi Ummon bilan chegaradagi Khatam bojxona punktida to‘xtatilgan. Mashinaning sement aralashtirgichida Osiyo davlatlaridan bo‘lgan 21 kishi va bir afrikalik ayol bo‘lgan.

Sharja amirligi politsiyasining ma'lum qilishicha, voqea tergov qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: