«Valensiya» g‘alaba qozonib, turnir jadvalida ko‘tarildi

Sport 09:20 / 12.02.2018 5927

Ispaniya chempionatining 23-turida «Valensiya» «Levante»ni mag‘lub etdi. «Mestalya» (Valensiya) stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

O‘yinda hisobni «ko‘rshapalaklar» jamoasi futbolchisi Santyago Lorenso ochdi. Keyinroq himoyachi Serxio Postigo o‘z darvozasini ishg‘ol etib, o‘yinga intrigani qaytardi.

Ikkinchi bo‘limda Lusiano Vetto «Valensiya»ga ustunlikni qaytardi. Daniel Parexo o‘yin oxirida 11 metrlik nuqtadan aniq zarba berib, o‘yindagi yakuniy natijani o‘rnatdi - 3:1.

«Levante»ning g‘alabasiz seriyasi 11 o‘yinga yetdi.

Bu g‘alabadan keyin «Valensiya» ochkolari sonini 43taga yetkazdi va La Liga turnir jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Levanteliklar 20 ochko bilan 20-o‘rinda.

Tur doirasidagi yana bir o‘yinda «Selta» va «Espanol» g‘olibni aniqlay olishmadi. Vigodagi «Balaidos» stadionida kechgan uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.

Leo Baptistau o‘yinning 10-daqiqasidayoq mehmonlarni oldinga olib chiqqandi, ammo ko‘p o‘tmasdan Maksimilian Gomes hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda urugvaylik bu futbolchi dublni rasmiylashtirdi. Ammo o‘yin oxirida Xerar Moreno hisobni tenglashtiruvchi golni urdi - 2:2.

Endilikda «Selta» ochkolari sonini 32taga yetkazib, Primera turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda, «Espanol» 26 ochkosi bilan 15-pog‘onada joylashgan.

Ispaniya chempionati
23-tur

Valensiya – Levante 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 1:0 – 17 Santi Mina, 1:1 – 18 Postigo, 2:1 – 65 Vetto, 3:1 – 89, penalti Parexo.
Valensiya – Neto, Montoyya, Gabriel, Ruben Vezu, Gayya, Soler (Maksimovich, 90), Parexo, Kondogbia (Koklen, 73), Gonsalu Gedesh, Santi Mina, Vetto (Dzadza, 79).
Levante – Olasabal, Koke (Boateng, 87), Rober, Postigo, Luna, Lukich (Marti, 73), Morales, Dukure (Bardi, 72), Kampanya, Ivi Lopes, Patstsini.
Ogohlantirishlar: Rober (13), Vetto (48), Santi Mina (57), Gayya (72), Bardi (84), Postigo (84), Luna (88).

Selta – Espanol 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 10 Baptistao, 1:1 – 32 Maksi Gomes, 2:1 – 80 Maksi Gomes, 2:2 – 87 Moreno.
Selta – Blanko, Malo (Boyye, 89), Ronkalya, Gomes, Kastro, Vass, Lobotka, Radoya (Ernandes, 75), Sisto (Mor, 75), Aspas, Maksi Gomes.
Espanol – Lopes, Mark Navarro, Lopes Silva, Naldo, Karikol, Xurado (Garsiya, 61), Sanches, Sanches, Darder (Vila, 73), Baptistao (Pyatti, 73), Moreno.
Ogohlantirishlar: Sanches (45), Lopes (54), Ernandes (78), Mark Navarro (83), Malo (85), Maksi Gomes (90), Garsiya (90).

Tur o‘yinlari

Turnir jadvali

Ko‘proq yangiliklar: