O‘zbekistonda kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar rivojlantiriladi - Prezident farmoyishi

O‘zbekiston 20:26 / 12.02.2018 16084

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishi imzolandi.

Farmoyishga ko‘ra, milliy kosmik fanini rivojlantirish, mamlakatni innovatsion ravnaq toptirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni tayyorlovchi Ishchi komissiya tuzilmoqda.

Ishchi komissisiyaning asosiy maqsadi — innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha soha iqtisodiy o‘sishning lokomotivi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning qo‘shimcha omiliga aylangan ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish, kosmik va yo‘ldoshli texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosatini o‘rnatish orqali kosmik sohani boshqarish ustidan butun bir tizimni yaratish kabilarni nazarda tutadi.

Komissiya sun'iy yo‘ldoshli aloqa milliy tarmog‘ini yaratish, kosmonavtika yutuqlarini joriy etish, kosmik va sun'iy yo‘ldoshli texnologiyalar sohasida kadrlarni davlat-xususiy sheriklik asosida potensial xorijiy hamkor yordamida tayyorlash bo‘yicha ham takliflar yig‘adi.

Komissiya raisi (bosh vazir o‘rinbosari S.R.Xolmurodov) O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi bilan ikki hafta ichida kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan uchrashish masalasini ishlab chiqishlari kerak.

Ko‘proq yangiliklar: