Urganchdan Peterburgga uchayotgan samolyot majburiy qo‘nishni amalga oshirdi

O‘zbekiston 19:10 / 12.02.2018 73954

Bugun, 12 fevral kuni Urganch-Peterburg reysini amalga oshirayotgan «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi samolyoti bortdagi yo‘lovchilardan biri o‘zini yomon his qilishi tufayli Samarada majburiy qo‘nishni amalga oshirgan. Bu haqda aviakompaniya rasmiy saytida xabar qilingan.

A320 layneri mahalliy vaqt bilan soat 10:34da «Kurumoch» aeroportiga qo‘ngan.

«Yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan, shifokorlar xulosasiga ko‘ra u kasalxonaga olib ketilgan», deyilgan xabarda.

Mahalliy vaqt bilan soat 13:48da 143 yo‘lovchi bilan uchayotgan samolyot Peterburgga parvozni davom ettirgan.

Ko‘proq yangiliklar: