Umid Ahmadjonov doping va sportdagi g‘irromliklarning oldini olishga bag‘ishlangan Konferentsiyada ishtirok etdi

Sport 15:10 / 12.02.2018 5463

Pyongchangda start olgan XXIII qishki Olimpiya o‘yinlari doirasida bugun, 12 fevral kuni Janubiy Koreya poytaxti Seulda mamlakatning Madaniyat, sport va turizm vazirligi tomonidan sport vazirlari Konferentsiyasi tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov ishtirok etdi. 

Nazvaniye

Konferentsiyaning bosh mavzusi «Jamiyatda sport qadriyatlarini rivojlantirish» bo‘lib, mazkur anjuman ishtirokchilarga dopinglarsiz toza sport, ijtimoiy rivojlanishda sportning ahamiyati, sport musobaqalaridagi g‘irromliklarni oldini olish, sport qadriyatlarini rivojlantirish kabi masalalarda misollar keltirish, fikr almashish imkonini berdi. 

Konferentsiyani dastlab Koreya Respublikasi madaniyat, sport va turizm vaziri Do Jong Van kirish nutqi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng ishtirokchi mamlakatlar sport mutassadilari o‘z taqdimotlarini o‘tkazishdi. Konferentsiyada ko‘pgina masalalar muhokama qilindi. Anjuman yakunida esa ishtirokchilarga madaniy dastur namoyish etiib berildi. 

Konferentsiyadan so‘ng Umid Ahmadjonov shu yerning o‘zida Butunjahon antidoping agentligi (WADA) prezidenti Kreyg Ridi, shuningdek, Koreya Respublikasi madaniyat, sport va turizm ishlari vaziri Do Jong Van bilan uchrashdi. 

Nazvaniye

Uchrashuvda tomonlar o‘rtasida o‘zaro do‘stona aloqalar o‘rnatish, Olimpiya harakaktini yanada rivojlantirish masalasida hamkorlik rishtaralarini mustahkamlash borasida kelishib olindi. 

Shuningdek, WADA Prezidenti Kreyg Ridi suhbat davomida mamlakatimizda dopinga qarshi kurash masalasida olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadi. 2018 yil 3 yanvarda qabul qilingan PQ-3457 sonli «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori bu borada muhim qadam bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi.

Umid Ahmadjonov o‘z navbatida Butunjahon antidoping agentligi rahbarini yurtimizga taklif etdi. Kreyg Ridi bu taklifni bajonidil qabul qildi va ish taqvimidan kelib chiqqan xolda WADA Prezidentining O‘zbekistonga yaqin oylar ichida tashrif buyurishiga oid kelishuvga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: