Ukraina Rossiyadagi jahon chempionatini ko‘rsatmaydi

Sport 19:24 / 12.02.2018 14858

Ukraina Milliy umumiy teleradiokompaniyasi rahbari Zurab Alasaniyaning aytishicha, Rossiyada o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionati translyatsiya qilinmaydi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

«Rossiyada futbol bo‘yicha jahon chempionati shu yili bo‘lib o‘tadi. Biz uni ko‘rsatishdan bosh tortmoqdamiz. Bu jiddiy, ko‘p millionli ish bo‘lib, translyatsiya huquqlari 2013 yilga qadar bo‘lgan vaqtda sotib olingan. Bu og‘ir qaror», - deya aytib o‘tgan Alasaniya «Pravitelstvennyy kurer» nashriga bergan intervyusida.

Shuningdek uning ta'kidlashicha, umumiy televideniye Moskvadagi jahon chempionatini ko‘rsata olmaydi.

«Endi parallel translyatsiya haqida kelishuvlarga ega bo‘lgan bozor ham bizning televideniye pozitsiyasidan xabar topib, rad etishni boshladi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Alasaniya.

Ko‘proq yangiliklar: