Toshkent viloyatida o‘simliklarni himoya qilish masalalari bo‘yicha seminar o‘tkaziladi 

O‘zbekiston 23:30 / 12.02.2018 7343

13 fevral kuni Toshkent viloyatida o‘simliklarni himoya qilish masalalari bo‘yicha seminar o‘tkaziladi. Unda g‘alla, g‘o‘za, bog‘, tok va sabzavot o‘simliklarini himoya qilish, zararkunandalarga qarshi kurashish uchun talab etiladigan biomahsulotlar zaxiralarini yaratish to‘g‘risida muhokama bo‘lib o‘tadi. Tadbirda viloyat hokimi- G‘.Ibragimov ishtirok etadi.

Yig‘ilishda tumanlarda faoliyat yuritayotgan 38 ta biolaboratoriya mudirlari va tuman “Agrokimyohimoya” filiallari mudirlarining o‘rinbosarlari hamda masalaga aloqador viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirok etadi.

Toshkent viloyatida bugungi kunda 38 ta biolaboratoriya mavjud bo‘lib, ushbu biolaboratoriyalar bu yilgi mavsumga to‘liq ta'mirdan chiqarilib, ishga tushirildi.

Mavsumda entomofaglarni ishlab chiqarish rejasi Oltinko‘z fevral oyidan, Brakon, Trixogramma ishlab chiqarish mart oyidan rejalashtirilgan. Bugungi kunda bu entomofaglarni biolaboratoriyalarda ko‘paytirilmoqda. 

Mavjud biolaboratoriyalarning betalofat ishlashi hamda ko‘paytirilgan biomahsulotlarni fermer xo‘jaliklari va dehqon xo‘jaliklariga belgilangan tartibda sifatli yetkazib berish maqsadida viloyat “Mahalla” xayriya jamg‘armasi tomonidan 25 dona motoroler, 30 dona muzlatgich, 30 dona konditseoner va 26 dona elektr pechlari taqdim etiladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: