Serbiya va Xorvatiya chegara tufayli xalqaro sudga murojaat qilishi mumkin

Jahon 18:37 / 12.02.2018 5603

Serbiya va Xorvatiya Dunaydagi chegara chizig‘i tufayli xalqaro arbitraj sudiga murojaat qilishi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning bayonotiga asosan xabar bermoqda.

«Bizda bu masala bo‘yicha turlicha pozitsiya – Xorvatiya o‘zining kadastr kitoblaridan kelib chiqmoqda, Serbiya qonunlardan va qonun istalgan davlatning, aniqrog‘i sobiq Yugoslaviya federal birligi kadastr kitoblaridan ancha muhimroq bo‘lgan huquqiy aktdir, deb hisoblaydi», - deya ma'lum qildi Vuchich.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlar bu masalaga yechim topish uchun xalqaro arbitraj sudga murojaat qilishlari mumkin.

Vuchich Xorvatiyada ikki kunlik tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Ko‘proq yangiliklar: