Saakashvili Polshaga keldi

Jahon 23:50 / 12.02.2018 13207

Gruziyaning sobiq prezidenti, Odessa viloyatining sobiq gubernatori, Ukrainadan chiqarib yuborilgan Mixail Saakashvili Polsha poytaxti Varshavaga yetib keldi. Bu haqda Polsha chegara xizmati xabar tarqatdi.

Bundan avvalroq Ukraina davlat chegara xizmati Saakashvili Polshaga jo‘natib yuborilganini ma'lum qilgandi.

"Saakashvili Polshada qabul qilindi... Bunga Ukraina tomoni bayonoti asos bo‘lmoqda... Fakt shuki, u Yevropa Ittifoqi fuqarosining turmush o‘rtog‘i hisoblanadi", deyilgan xabarda.

Saakashvilining partiyadoshi David Sakvarelidze maslakdoshlari bilan bog‘langan. "U qo‘ng‘iroq qildi. Varshavaga yetib boribdi", deya yozgan Sakvarelidze ijtimoiy tarmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: