Saakashvili Kiyevdagi restoranda qo‘lga olindi

Jahon 18:59 / 12.02.2018 22134

Gruziya sobiq prezidenti, Ukrainaning Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvilini Kiyevdagi restoranda ushlashdi. Bu haqda siyosatchining safdoshi, Ukraina Oliy radasi deputati Yuriy Derevyanko xabar qildi, deb yozmoqda RIA «Novosti».

«Hozirgina uni noma'lum shaxslar Kiyevdagi «Suluguni» restoranidan o‘g‘rilab ketishdi», - deya aytib o‘tgan Derevyanko.

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, bu maxsus topshiriqli guruh bo‘lgan. Uning aytishicha, Saakashvilini aynan qayerga olib ketishganini aniq bilmaydi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Ukraina Xavfsizlik xizmati, prokuratura va migratsiya xizmati siyosatchini qo‘lga olishga aloqador emasliklarini ma'lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: