Pyongchang-2018. Bugun o‘ynaladigan barcha medallar

Sport 10:58 / 12.02.2018 7301

Janubiy Koreya poytaxti Pyongchang shahrida Qishki Olimpiada o‘yinlarining 4-kuni start oldi. Hozirgacha ikkita yo‘nalishda medallar o‘z egalarini topishga ulgurdi.

Snoubord turining Sloupstayl yo‘nalishida amerikalik Jyeymi Anderson oltin medallarga ega chiqqan bo‘lsa, Lori Bloin (Kanada) ikkinchi, Enni Rukayarvi (Finlyandiya) uchinch o‘rinni egalladi. Shuningdek figurali uchish bo‘yicha jamoaviy bahslar ham o‘z nihoyasiga yetdi. Unda kanadaliklar oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Rossiyadan kelgan olimpiyachi atletlar ikkinchi, AQSh terma jamoasi uchinchi band etdi.

Bugun jami 8ta medallar komplekti o‘ynalishi lozim. Yana 6ta yo‘nalishda oltin medal egalari aniqlanadi. Eng asosiy musobaqa sifatida biatlon bo‘yicha ayollar va erkaklar o‘rtasidagi quvlashmachoq poygalarni (pasyut) ko‘rsatish mumkin. Erkaklar o‘rtasidagi sprint poygalarida qayd etilgan sensatsiya bu safargi poygalar ham qizg‘in o‘tishidan dalolat bermoqda.

Bugun medallar o‘ynaladigan sport musobaqalari:

Olimpiada-2018
Pyongchang, Janubiy Koreya

12 fevral

Snoubord 
Ayollar
Sloupstayl

1. Jyeymi Anderson (AQSh)
2. Lori Bloin (Kanada)
3. Enni Rukayarvi (Finlyandiya)

Figurali uchish
Jamoaviy bahslar
1. Kanada 
2. Rossiyalik olimpiyachi atletlar
3. AQSh

Tog‘ chang‘isi 
Ayollar
Gigant slalom 
Boshlanish vaqti – 9:45 

Biatlon
Quvlashmachoq poygalar
Ayollar
Boshlanish vaqti – 15:10 

Erkaklar
Boshlanish vaqti – 17:00 

Fristayl
Erkaklar
Mogul
Boshlanish vaqti – 17:00 

Konkida yugurish
Ayollar
1500 metr
Boshlanish vaqti – 17:30 

Tramplindan sakrash
Ayollar
Boshlanish vaqti – 17:35

Medallar jamg‘armasi bo‘yicha umumiy reytingda hamon Germaniya terma jamoasi yetakchilik qilmoqda. Kuchli uchlikda Niderlandiya va AQSh terma jamoalari ham bor:

Medallar jamg‘armasi (oltin-kumush-bronza):

1. Germaniya – 3-0-1 (4)
2. Niderlandiya – 2-2-1 (5)
3. AQSh – 2-1-1 (4)
4. Norvegiya – 1-4-3 (8)
5. Kanada – 1-4-1 (6)
6-9. Shvetsiya – 1-0-0 (1)
6-9. Janubiy Koreya – 1-0-0 (1)
6-9. Avstriya – 1 (1-0-0)
6-9. Fransiya – 1-0-0 (1)
10-11. Rossiya – 0-1-1 (2)
10-11. Chexiya – 0-1-1 (2)
12. Finlyandiya – 0-0-2 (2)
13-14. Italiya – 0-0-1 (1)
13-14. Qozog‘iston – 0-0-1 (1)

Ko‘proq yangiliklar: