Furkad uch karra Olimpiada chempioni. Pyongchang-2018 kun yakunlari

Sport 20:12 / 12.02.2018 28566

Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida davom etayotgan Qishki olimpiada o‘yinlarining navbatdagi kuni ham nihoyasiga yetdi.

Kunning eng asosiy musobaqalaridan biri bo‘lgan biatlon bo‘yicha quvlashmachoq poygalarda (pasyut) bu safar sensatsiya kuzatilmadi. Ayollar o‘rtasida Laura Dalmayyer, erkaklar o‘rtasida esa Marten Furkad oltin medallarni qo‘lga kiritdi. Anastasiya Kuzmina kumush medalga ega chiqqan bo‘lsa, Anais Beskon Fransiya terma jamoasi hisobiga bronza medallarini keltirdi. Erkaklar o‘rtasida esa shvetsiyalik Sebastian Samuelsson sensatsiya qayd etib kumush medalga sazovor bo‘ldi. Benedikt Doll esa Germaniyaga bronza medallarini keltirdi.

Furkadning bu g‘alabasi olimpiadalardagi uchinchi oltin medal bo‘ldi. Marten Sochi olimpiadasida ikkita oltin medalni qo‘lga kiritgandi.

Olimpiada-2018
12 fevral yakunlari

Snoubord 
Ayollar
Sloupstayl
1. Jyeymi Anderson (AQSh)
2. Lori Bloin (Kanada)
3. Enni Rukayarvi (Finlyandiya)

Figurali uchish
Jamoaviy bahslar

1. Kanada 
2. Rossiya 
3. AQSh

Biatlon
Quvlashmachoq poyga
Ayollar
1. Laura Dalmayyer (Germaniya)
2. Anastasiya Kuzmina (Slovakiya)
3. Anais Beskon (Fransiya)

Erkaklar
1. Marten Furkad (Fransiya)
2. Sebastyan Samuelsson (Shvetsiya)
3. Benedikt Doll (Germaniya)

Fristayl
Erkaklar
Mogul

1. Mikael Kingsberi (Kanada)
2. Mett Grem (Avstraliya)
3. Daichi Xara (Yaponiya)

Konkida yugurish
Ayollar
1500 m

1. Iren Vyust (Niderlandiya)
2. Mixo Takagi (Yaponiya)
3. Marrit Leyenstra (Niderlandiya)

Tramplindan sakrash
Ayollar
1. Maren Lyundbyu (Norvegiya)
2. Katerina Oldhaus (Germaniya)
3. Sara Taakanashi (Yaponiya)

Medallar jamg‘armasi (oltin, kumush, bronza, jami)

1. Germaniya – 4-1-2 (7)
2. Niderlandiya – 3-2-2 (7)
3. Norvegiya – 2-4-3 (9)
4. Kanada – 2-4-1 (7)
5. AQSh – 2-1-1 (4)
6. Fransiya – 2-0-1 (3)
7. Shvetsiya – 1-1-0 (2)
8-9. Janubiy Koreya – 1-0-0 (1)
8-9. Avstriya – 1 (1-0-0)
10-12. Rossiya – 0-1-1 (2)
10-12. Chexiya – 0-1-1 (2)
10-12. Yaponiya – 0-1-2 (3)
13-14. Slovakiya – 0-1-0 (1)
13-14. Avstraliya – 0-1-0 (1)
15. Finlyandiya – 0-0-2 (2)
16-17. Italiya – 0-0-1 (1)
16-17. Qozog‘iston – 0-0-1 (1)

Ko‘proq yangiliklar: