Bloomberg yangi «Robin Gud indeksini» tuzdi

Jahon 18:56 / 12.02.2018 6928

Bloomberg agentligi yangi «Robin Gud indeksini» tuzib chiqdi.

Ushbu indeksda ekspertlar turli davlatlar hukumatlari, agarda barcha byudjyet xarajatlari uchun uning eng boy odami pul to‘laganida qancha ishlashi mumkin ekanini hisob-kitob qilib chiqishdi.

«Robin Gud indeksi»dan 49 davlat joy oldi.

Ma'lum bo‘lishicha, o‘z hukumatiga eng uzoq vaqt davomida Kiprning eng boy odami Jon Fredriksen homiylik qilishi mumkin ekan. Davlat uning boyligi tufayli 441 kun to‘xtovsiz ishlashi ehtimolga yaqin. Ekspertlarning aniqlik kiritishicha, bunday natija Kipr aholisining soni nisbatan kam ekani va ushbu davlatdagi ijtimoiy xarajatlar yuqori emasligi bilan bog‘liq.

O‘z navbatida, Xitoy, Yaponiya va Polshadan bo‘lgan milliarderlar o‘z hukumatlarini faqat to‘rt kun moliyalashtira olar ekan.

Ko‘proq yangiliklar: