Pyongchang-2018: Biatlonda sensatsiya, Qozog‘istonda dastlabki medal

Sport 19:20 / 11.02.2018 15345

Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida davom etayotgan qishki Olimpiada o‘yinlarida navbatdagi kun bahslari nihoyasiga yetdi. Uchinchi kun hisobidan 7ta medallar komplekti o‘ynaldi.

Kunning eng asosiy musobaqalaridan biri biatlonda erkaklar o‘rtasidagi sprint bahslarida kutilmagan natija qayd etildi. G‘oliblik uchun asosiy da'vogarlar sifatida e'tirof etilgan fransiyalik Marten Furkad va norvegiyalik Yohannes Byo hattoki sovrindorlar safidan ham o‘rin ola bilmadi. Furkad o‘qotishda 3ta xato bilan 8, Byo 4ta xato bilan bor-yo‘g‘i 31-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblikni esa kutilmaganda germaniyalik Arnd Payffer qo‘lga kiritdi. Kuchli uchlik ham butunlay kutilmagan ko‘rinishda bo‘ldi: chexiyalik Mixal Krchmar ikkinchi, italiyalik Dominik Vindish 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ikkita 15 km.dan iborat 30 km masofaga skiatlon bahslarida esa bir yo‘la uch nafar norvegiyalik sportchi medallarni bo‘lib oldi. Simyon Hegstad Kryuger Norvegiya terma jamoasi hisobiga dastlabki oltin medalni olib keldi.

Kunning yana bir e'tiborga molik voqeasi bu Qozog‘iston terma jamoasining olimpiadadagi dastlabki medalini qo‘lga kiritish bo‘ldi. Fristaylning mogul yo‘nalishida ishtirok etgan Yuliya Galisheva bronza medaliga ega chiqdi.

Shuningdek, konkida yugurish bahslarida 5000 metr masofada Sven Kramer uchinch marta olimpiada chempionligini qo‘lga kiritib bu borada o‘ziga xos rekord o‘rnatdi. Kumush va bronza medallari taqdiri esa fantastik ko‘rinish oldi. Fotofinish natijasida kanadalik sportchi norvegiyalik raqibdan soniyaning 1000/1 ulushiga ortda qoldirib kumush medalga ega chiqdi.

Kunning qolgan natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi.

Olimpiada-2018
11 fevral barcha finallar

Snoubord
Sloupstayl

1. Redmond Jyerard (AQSh)
2. Maksans Parro (Kanada)
3. Mark Makmorris (Kanada)

Chang‘i poygalari
Erkaklar
Skiatlon

1. Simyon Hegstad Kryuger (Norvegiya)
2. Martin Yonsrud Sundbyu (Norvegiya)
3. Xans Krister Holunn (Norvegiya)

Konkida yugurish
Erkaklar
5000 metr

1. Sven Kramer (Niderlandiya)
2. Ted-Yan Blumen (Kanada)
3. Sverre Lunde Pedersen (Norvegiya)

Chana sporti
Erkaklar, yakkalik bahslari

1. David Glyayrsher (Avstriya)
2. Kris Mazdzer (AQSh)
3. Yohannes Lyudvig (Germaniya)

Biatlon
Erkaklar
Sprint

1. Arnd Payffer (Germaniya)
2. Mixal Krchmar (Chexiya)
3. Dominik Vindish (Italiya)

Fristayl
Ayollar
Mogul

1. Perrin Laffon (Fransiya)
2. Jyustin Dyufur-Lapuant (Kanada) 
3. Yuliya Galisheva (Kazaxstan)

Shu paytgacha medal qo‘lga kiritgan davlatlar soni 14tani tashkil qilmoqda. Quyida medallar bo‘yicha reyting bilan tanishib olishingiz mumkin:

1. Germaniya – 3ta oltin-0 kumush-1 bronza (jami: 4)
2. Niderlandiya – 2-2-1 (5)
3. Norvegiya – 1-4-3 (8)
4. AQSh – 1-1-0 (2)
5-8. Shvetsiya – 1-0-0 (1)
5-8. Janubiy Koreya – 1-0-0 (1)
5-8. Avstriya – 1 (1-0-0)
5-8. Fransiya – 1-0-0 (1)
9. Kanada – 0-3-1 (4)
10. Chexiya – 0-1-1 (2)
11-14. Italiya – 0-0-1 (1)
11-14. Rossiya – 0-0-1 (1)
11-14. Finlyandiya – 0-0-1 (1)
11-14. Qozog‘iston – 0-0-1 (1)

Ko‘proq yangiliklar: