«Neftchi» bir yo‘la 11 futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Sport 19:20 / 11.02.2018 15555

Farg‘onaning «Neftchi» jamoasi yig‘inida bo‘lib turgan bir necha futbolchilar bilan klub rasmiy bitimga kelishdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Unga ko‘ra, farg‘onaliklar bir yo‘l 11 futbolchi bilan shartnoma imzolashgan. Bular: Farruh Turdaliyev, Elyor Mamasoliyev, Sunnatilla Ermatov, Otabek Ahmadjonov, Abbos Maxstaliyev, Abdulaziz Yusupov, Shukurali Po‘latov, Avazbek O‘lmacliyev, Abror Ismoilov, Abdurahmon Abdulhaqov, Davron Mamatov

Yaqinda «Neftchi» Husniddin G‘ofurov, Abdujamol Isroilov hamda Jalil Kimsanov bilan shartnoma tuzilganligi haqida ma'lum qilgandi. Endilikda yana bir qator o‘yinchilar rasman «Neftchi» futbolchisiga aylanishdi.

Shuningdek, «Neftchi» yig‘inida yana bir qancha futbolchilar ko‘rikda bo‘lib turishibdi. Agar ular ham murabbiylar shtabiga maqul kelsa, shartnoma imzolanadi. Toshkentda yig‘in o‘tkazayotgan jamoa tarkibiga shu kunlarda Yaponiya va Ukrainadan futbolchilar kelib qo‘shilishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: