“Napoli” “Latsio”ni tor-mor etib, yana peshqadamlikni qo‘lga oldi

Sport 09:48 / 11.02.2018 5133

“Napoli” Italiya A seriyasining 24-turida “Latsio” ustidan g‘alaba qozondi. Neapoldagi “San-Paolo” stadionida o‘tgan uchrashuv 4:1 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi.

Uchrashuvning 3-daqiqasida Stefan de Vrey Rim jamoasini oldinga olib chiqdi. 1-bo‘lim oxirida Xose Kalexon hisobni tenglashtirdi, 2-bo‘limda esa neapolitanliklar raqib jamoa futbolchilarini o‘yinni 3-marta maydon markazidan boshlashga majbur qildilar: bir to‘pni Uolles o‘z darvozasiga yo‘lladi, yana bittadan gollarni Mariu Ruy va Dris Mertens o‘z hisoblariga yozib qo‘ydilar.

“Napoli” ushbu g‘alaba evaziga ochkolari sonini 63 taga yetkazib, musobaqa jadvalining 1-o‘rniga ko‘tarilib oldi. “Latsio” 46 ochko bilan 3-o‘rinni egallamoqda.

Italiya, A seriya, 24-tur
Napoli – Latsio – 4 : 1
Gollar: 
0:1, de Vrey (3); 1:1, Kalexon (43); 2:1, Uolles (54, avtogol); 3:1, Ruy (56); 4:1,  Mertens (73)

Ko‘proq yangiliklar: