«MYu» yutqazdi, «Siti» bilan oradagi farq yanada kattalashdi

Sport 21:20 / 11.02.2018 7742

Angliya chempionatining 27-turida «Nyukasl Yunayted» «Manchester Yunayted»ni mag‘lubiyatga uchratdi. «Sent-Jyeyms Park» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 65-daqiqasida mezbonlar yarimhimoyachisi Mett Ritchi urgan gol o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi. Shu tariqa, «qarg‘alar» chempionatda 4 o‘yindan iborat bo‘lgan g‘alabasiz seriyasini to‘xtatdi.

Endilikda «Manchester Yunayted» 56 ochkosi bilan ikkinchi o‘rinda qolmoqda, Mourino jamoasi va «Manchester Siti» o‘rtasidagi farq endi 16 ochkoni tashkil qilmoqda. «Nyukasl» 28 ochkosi bilan – 13-pog‘onada joylashgan.

Angliya chempionati
27-tur

Nyukasl – Manchester Yunayted 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 65 Ritchi.
Nyukasl – Dubravka, Lassels, Lejyen, Dammett, Kenedi (Atsu, 84), Ritchi, Shelvi, Diame, Yyedlin, Peres (Xeyden, 90), Geyl (Xoselu, 80).
Manchester Yunayted –    De Xea, Djons, Smolling, Valensiya, Matich (Maktomini, 77), Yang, Lingard (Mata, 66), Pogba (Kerrik, 66), Sanches, Lukaku, Marsyal.
Ogohlantirishlar: Smolling (64), Valensiya (88).

Ko‘proq yangiliklar: