«Liverpul» safarda g‘alaba qozonib, turnir jadvalida ko‘tarildi

Sport 23:30 / 11.02.2018 10626

Angliya chempionatining 27-turi doirasida «Sauthempton» «Liverpul»ni qabul qildi. O‘yin mehmonlar jamoasining 2:0 hisobidagi ustunligi bilan yakunlandi.

O‘yinning 6-daqiqasida Muhammad Saloh Firminoni golli pas bilan ta'minladi,  42-daqiqada Firminoning pasidan keyin Saloh mersisaydliklarning ikkinchi golini urdi - 2:0.

O‘yinda shu hisob saqlanib qoldi. Endilikda Yurgen Klopp shogirdlari ochkolari sonini 54taga yetkazgan va APL turnir jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarilgan, «Sauthempton» 26 ochko bilan 18-o‘rinda.

«Haddersfild Taun» bu turda «Bornmut» ustidan yirik g‘alabaga erishdi. Haddersfilddagi «Jon Smit» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 7-daqiqasidayoq Aleks Pritchard «tererlar»ni oldinga boshladi, ammo 6 daqiqa o‘tib Junior Stanislas hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘lim o‘rtasida Stiv Mune «Haddersfild»ning ikkinchi golini urdi, 66-daqiqada u dublni rasmiylashtirdi, o‘yin oxirida Rayiv van la Parra penaltidan gol urib, mezbonlarning yirik hisobdagi g‘alabasini ta'minladi.

«Haddersfild» endilikda ochkolari sonini 27taga yetkazgan va APL turnir jadvalida 16-o‘rinda joylashgan, «Bornmut» 31 ochkosi bilan — 10-o‘rinda.

Angliya chempionati
27-tur

Sauthempton – Liverpul 0:2
Gollar: 0:1 – 6 Firmino, 0:2 – 42 Saloh.
Sauthempton – Makkarti, Stivens, Bertran, Soaresh, Xudt, Romeu, Lemina, Xeyberg, Uord-Prouz, Tadich, Karrilo.
Liverpul – Karius, Matip, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Firmino, Oksleyd-Chemberlen, Saloh, Veynaldum, Mane, Jan.
Ogohlantirish: Matip (37), Jan (47), Romeu (62).

Haddersfild – Bornmut 4:1 (2:1, 2:0)
Gollar: 1:0 – 7 Pritchard, 1:1 – 13 Stanislas, 2:1 – 27 Mune, 3:1 – 66, avtogol Kuk, 4:1 – 90, penalti van La Parra.
Haddersfild – Lessl, Yorgensen, Meloun (Kongolo, 52), Xaderdjonay, Shindler, Xogg, Pritchard, Muy (Billing, 76), Ins (Kvaner, 65), van La Parra, Mune.
Bornmut – Begovich, Kuk (Smit, 70), Ake, Deniels, Frensis, Gosling, Freyzer, Ayb (King, 58), Kuk, Stanislas (Musse, 65), Uilson.
Ogohlantirishlar: Gosling (18), Frensis (56), Musse (71).

Ko‘proq yangiliklar: