Ivan Nagayev faoliyatini xorijiy klubda davom ettiradi

Sport 21:10 / 11.02.2018 13970

O‘tgan mavsumni «Buxoro» klubi tarkibida o‘tkazgan Ivan Nagayev faoliyatini Qozog‘iston Premer-ligasi ishtirokchisi - Chimkentning «Ordabasi» klubida davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berilgan.

Ayni vaqtda 29 yoshda bo‘lgan Ivan Nagayev o‘tgan mavsum Oliy ligada 29 o‘yinda maydonga tushib, 9 gol urgan.

Nagayev faoliyatini 2007 yili Qarshining «Nasaf» klubida boshlagan, keyin «Metallurg», «Navbahor», «Bunyodkor», «Dinamo», «Lokomotiv» va «Buxoro» klublari safida to‘p surgan. U bu jamoalardagi ishtiroki davomida Oliy liga o‘yinlarida 143 marta maydonga chiqib, 50 golga mualliflik qilgan.

Uning faoliyatidagi eng muvaffiyatli klubi «Lokomotiv» bo‘lib, u «temiryo‘lchilar» safida 2013-2016 yillarda 53 o‘yinda 24 gol urgandi. U bu jamoa bilan 2013 va 2014 yillarda kumush medal sohibi, O‘zbekiston Kubogi egasi (2014) bo‘lgan.

Nagayev 2015 yili yarim mavsum Kuvaytning «Al Qodisiya» klubiga ijaraga berilgan va arab jamoasi uchun 6 o‘yinda 2 gol urgandi.

2010-2011 yillarda Nagayev O‘zbekiston yoshlar jamoasi a'zosi bo‘lgan, 2012 yilda milliy terma jamoa safida o‘ynay boshlagan, ammo 2013 yili O‘zbekiston terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan.

Ko‘proq yangiliklar: